Muhammad Saloh ham Saudiya klubiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda – manba 

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi futbolchisi Muhammad Saloh faoliyatini Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod”  jamoasida davom ettirishi kutilmoqda. Bu haqda saudiyalik jurnalist Muhammad Nur ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, “mersisaydliklar”ning misrlik yulduzi Muhammad Salohning Saudiya klubi bilan shartnoma imzolash ehtimoli juda yuqori va ayni damda bu boradagi muzokaralar ijobiy yakunga yaqin turibdi. 

“Saloh transferi amalga oshadimi? Bu transferning amalga oshishi ehtimolini 75 foizga baholagan bo‘lardim”, deydi Muhammad Nur. 

Aytish joiz, avvalroq “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolchilariga Saudiyadan tushayotgan takliflarni eshitib, ularni ushlab qolish imkonsizligini bildirgandi.

“Al-Riyadiah”ning xabar berishicha, “Al-Ittihod” Salohga ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda va klub forvard uchun bu muddat davomida 180 million yevro maosh to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubi bosh murabbiyi Stiven Jerrard “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni o‘zining sevimli futbolchisi ekanligini aytdi va uni jamoasiga qo‘shib olmaslikka va’da bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Muhammad Saloh Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing