MTJ Saudiya Arabistoniga yutqazdi. Yutqazadiyam-da!

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 14 noyabr kuni poytaxt Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalarining o‘yini bo‘lib o‘tdi. 

O‘yinning 15 daqiqasida terma jamoa hujumchisi Eldor Shomurodov birinchi golni kiritdi. O‘yin davomida Rustamjon Ashurmatov raqib hujumchisini ushlab qolib yiqitdi. Hakam O‘zbekiston darvozasi tomon penalti belgiladi. Raqib bundan unumli foydalanib, 23-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

O‘yining 56-daqiqasida Otabek Shukurov raqib darvozasiga belgilangan penaltidan unumli foydalandi. Kuchli zarbasi bilan to‘pni raqib darvozasiga yo‘llab, navbatdagi gol muallifiga aylandi.

Uchrashuvning 85-daqiqasida saudiyaliklar uzoq masofadan gol kiritishdi va hisob tenglashdi. 89-daqiqada Saudiya Arabistoni yana gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni bahsi 2:3 hisobida raqib foydasiga hal bo‘ldi.

O‘zbekiston Jahon chempionati-2022 saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin olgan. Guruhda O‘zbekiston terma jamoasiga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

O‘zbekiston MTJning Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi bahsi joriy yilning 19 noyabr kuni Falastinga qarshi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

358

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing