IIBB O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni o‘yini tomoshabinlariga murojaat yo‘lladi
Jamiyat
−
14 noyabr 2019
9216Bugun, 14 kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2022 saralash bosqichining navbatdagi turi doirasida Toshkentda Saudiya Arabistoni termasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin “Paxtakor” stadionida o‘tkaziladi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi O‘zbekiston- Saudiya Arabistoni o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga keluvchilarga murojaat bilan chiqdi. Boshqarma ulardan avtomobillarini stadion atrofidagi yo‘llar chetida qoldirmaslikni so‘radi.
“14 noyabr kuni soat 17:00 da “Paxtakor” stadionida Jahon chempionati-2022 saralash bosqichining navbatdagi o‘yini – O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Stadionga kelishni rejalashtirayotgan futbol muxlislaridan avtomobillarni “Paxtakor” stadioni atrofidagi yo‘llar chetida emas (Islom Karimov, Olmazor va Navoiy ko‘chalari), balki “Xumo Arena” muz kompleksining avtoturargohida qoldirishlarini so‘raymiz”, deyiladi boshqarma xabarida.
IIBB sport tadbiriga ilgariroq kelib, futbol muxlislari uchun maxsus ajratilgan avtoturargohdan mashinaga joy egallab olishni yoki taksi va jamoat transporti xizmatlaridan foydalanishni tavsiya qilgan.
LiveBarchasi