AQSH kompaniyasi O‘zbekistondagi yirik loyihaga qo‘shildi

Jamiyat

image

AQSH kompaniyasi O‘zbekistonda tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasiga qo‘shildi. Shu va boshqa qator bitimlar 20-21 sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo energetika investitsion forumi doirasida imzolandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ bilan “Air Products” kompaniyasi (AQSH) o‘rtasida Sho‘rtan GKK (GTL zavodi) tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikka doir “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Bunda Amerika kompaniyasining loyihaga kirishi ko‘zda tutiladi.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ bilan ammiak va karbamid ishlab chiqarish bo‘yicha “Yangiyer shahrida kimyoviy kompleksni qurish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikka oid “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Bundun tashqari, O‘zbekistonda Davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida quvvati 1250 MVt ga teng issiqlik elektr stansiyalari va quvvati 1000 MVt ga teng shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha asosiy shartlar to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

Mazkur bitim O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “ACWA Power” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) o‘rtasida imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi O'zbekiston-Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing