Vazirlik farzandini bog‘chaga joylashtirmoqchi bo‘lgan ota-onalarga murojaat yo‘lladi

Jamiyat

image

Ma’lumki, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan joriy yilning 16 martidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari karantinga yopildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, farzandini MTTga joylashtirmoqchi bo‘lgan ota-onalarga murojaat bilan chiqdi.

“Hurmatli ota-onalar! O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi sizlarga shuni ma’lum qiladiki, 2020 yil 16 martdan e’tiboran va profilaktika tadbirlari davomida bolalarni MTTga qabul qilish uchun navbatga qo‘yish amalga oshirilmaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi  hamda UZINFOCOM tashkilotiga 2020 yil 16 mart kuni 2020 yil 16 martdan respublikadagi profilaktika tadbirlari tugagunga qadar bolalarni MTTga qabul  qilish bo‘yicha yo‘llanmalarni shakllantirmaslik va qabul qilishni to‘xtatish yuzasidan xat jo‘natilgan edi. 

Mazkur qaror koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, mamlakatda amalda bo‘lgan profilaktika choralari davomida tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida qabul qilindi. Shuningdek, barcha MTTlar va “Yagona darcha” Davlat xizmatlari markazlari faoliyati to‘xtatildi. Shu bois, fuqarolar yuqoridagi choralar amal qilishi to‘xtaguncha MTTga yo‘llanma ololmaydi yoki ulardan foydalana olmaydi”, deyiladi murojaatda.

Qayd etilishicha, MTTlar faoliyati va bolalarni MTTlarga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanmalarni shakllantirish xizmati qayta boshlanishining sanasi haqida keyinroq xabar qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

bog'cha MTV

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing