MSK: Japarov saylovda g‘olib bo‘ldi
Olam
−
16 yanvar 2021 5602 1 daqiqa
Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovida Sadir Japarov 79,23 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ovozlarni qo‘lda hisoblash natijalaridan so‘ng ma’lum qilgan.
MSK ma’lumotlariga ko‘ra, 100 foiz byulletenlar sanab chiqilgandan so‘ng, Japarovga 1,1 milliondan ortiq kishi (79,23 foiz) ovoz bergani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ikkinchi o‘rinda Adaxan Madumarov turibdi, unga 95 ming fuqaro (6,8 foiz) ovoz bergan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 10 yanvar kuni Qirg‘izistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu lavozim uchun jami 17 nafar nomzod bellashdi.
Live
Barchasi