MSK ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
21 Oktabr 2019
4195O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Xalkaro matbuot markazi ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy kengashlarga saylovlar oldidan partiyalar ishiga hokimiyat organlari aralashish holatlari bo‘layotgani to‘g‘risidagi axborotga munosabat bildirdi.
"Markaziy saylov komissiyasi joriy yil 22 dekabrda Parlament va mahalliy kengashlarga bo‘ladigan saylovlarda deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda siyosiy partiyalar ishiga mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, hokimlar tomonidan aralashish holatlari bo‘layotgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlardagi xabar va axborotga e’tibor qaratdi", deyiladi MSK Xalqaro matbuot markazi xabarida.
"Markaziy saylov komissiyasi qayd etadiki, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 37-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadir.
Bu huquq siyosiy partiyalarning mutlaq vakolati hisoblanadi. Siyosiy partiyalarning deputatlikka nomzod ko‘rsatish ishiga noqonuniy aralashish qonun bilan ta’qib qilinadi va javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Markaziy saylov komissiyasi yuqoridagi kabi holatlar mavjud bo‘lsa, asoslantirilgan faktlar bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilishingizni va bu to‘g‘rida Markaziy saylov komissiyasini xabardor qilishingizni so‘raydi. Shuningdek, ushbu holatlar yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining 1197 raqamli “Ishonch telefoni”ga ham murojaat qilishingiz mumkin", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi