MRB jahon urushidan ogohlantirdi. Yangi urushga nima sabab bo‘ladi?

Olam

image

Yaqin o‘n yilliklarda dunyoda iqlim o‘zgarishi oqibatida global harbiy mojaro yuz berishi mumkin. Bu haqda AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi hisobotida so‘z boradi.

“Iqlim o‘zgarishining kuchayib borayotgan jismoniy ta’siri transchegaraviy geosiyosiy issiq nuqtalarni murakkablashtirishi mumkin. Negaki davlatlar o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun choralar ko‘radi”, deyiladi hisobotda.

Mualliflarga ko‘ra, ko‘pi bilan 2040 yilga borib dunyoda “iqlimiy to‘qnashuvlar” boshlanadi. Bunda tomonlar bir-biriga qarshi qurg‘oqchilik va suv toshqini kabi tabiiy ofatlarni kuchaytaridigan texnologiyalardan foydalanadi.

Mutaxassislar, shuningdek, global isishning oldini olish uchun issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishni nazarda tutuvchi Parij iqlim kelishuvi ijrosi borasidagi bahslar tufayli mamlakatlar o‘rtasida ziddiyat kuchayishi haqida ogohlantirgan.

“Aksariyat mamlakatlar qiyin iqtisodiy tanlovlarga duch kelishadi va keyinchalik chiqindilarni tezda qisqartirish uchun texnologik yutuqlarga tayanishi mumkin. Xitoy va Hindiston haroratning oshishi trayektoriyasini aniqlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi”, deyiladi hisobotda.

Bundan tashqari, ma’ruza mualliflari iqlim o‘zgarishi oqibatida rivojlanayotgan mamlakatlarda ichki nizolar xavfi borligini ko‘rsatgan, chunki bu davlatlarning yangi sharoitlarga moslashishi uchun imkoniyat kam.

Iqlim urushining potensial issiq nuqtalariga Kongo, Hind, Mekong va Nil daryo havzalari kabi mintaqalar kiradi. U yerda nizolar daryo kanallarining o‘zgarishi va suv oqimlarining qayta yo‘naltirilishi tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Hisobotda global iqlim o‘zgarishi eng ko‘p 11 davlatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan. Tahlilchilarning fikricha, bu davlatlar omon qolish uchun favqulodda chora ko‘rishi mumkin. Gap, xususan, yadro quroliga ega bo‘lgan Xitoy, Hindiston va Pokiston, shuningdek, Afg‘oniston, Shimoliy Koreya, Myanma hamda Markaziy va Janubiy Amerikaning bir qator davlatlari haqida bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

urush iqlim

Baholaganlar

1505

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing