MRB rahbari ham Isroilga bordi
Olam
−
15 fevral
4360AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Byorns Isroilga yetib bordi. Byorns u yerda mamlakat Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Isroil razvedka xizmati “Mossad” rahbari David Barnea bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu haqda Kan radiosi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Isroil harbiy Vazirlar mahkamasi bugun, 15 fevral kuni kechqurun G‘azo sektorida HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv atrofidagi vaziyatni muhokama qilish uchun yig‘iladi.
Qayd etish joizki, kecha,14 fevral kuni Isroilning “Walla” portali manbalariga tayanib, Netanyaxu Isroil delegatsiyasini HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun keyingi maslahatlashuvlarda ishtirok etish uchun Qohiraga yubormaslikka qaror qilganini xabar qilgan. Unga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bo‘yicha muvaffaqiyatga erishish maqsadida misrliklar va qatarliklar keyingi muzokaralar o‘tkazishni taklif qilgan, biroq Netanyaxu HAMAS o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga rozi bo‘lmaguncha, ulardan hech qanday ma’no yo‘qligini aytgan. Jumladan, gap harakat tomonidan Isroil qamoqlaridan ozod etilishi talab qilinayotgan falastinlik mahbuslar soni haqida bormoqda.
Ma’lumot uchun, 13 fevral kuni Qohirada Misr, AQSH, Qatar va Isroil vakillari o‘rtasida maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda G‘azo sektoridagi mojaro tomonlari o‘rtasida HAMAS qo‘lidagi garovga olinganlarni Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklar bilan almashish bo‘yicha mumkin bo‘lgan kelishuv, shuningdek, anklavda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatish istiqbollari muhokama qilindi. Birinchi bosqichda Byorns, Barnea, shuningdek, Qatar Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy va Misr Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Abbos Kamol maslahatlashuvlarga jalb qilindi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori Kristofer Rey ham Isroilga kutilmagan tashrif bilan borgandi.
LiveBarchasi