MPL'ning to‘liq kardi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
11 Sentabr 2023 4500 1 daqiqa
Joriy yilning 16 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Alpomish saroyida MMA bo‘yicha Murodov professional ligasining (MPL) 8-turniri bo‘lib o‘tadi. Kecha, 10 sentyabr kuni musobaqaning to‘liq kardi ma’lum bo‘ldi.
Aktual kardda asosiy jang o‘zbekistonlik Shohasan Mirzamatov va Rossiya vakili Hamzat Chapanov o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, asosiy karddan o‘zbekistonlik Jasur Mirzamuhammedov bilan ozarbayjonlik Elchin Huseynov, turkiyalik Furqon Ko‘ch va Qirg‘iziston vakili Ruslan Qosimali Uulu janglari o‘rin olgan.

Prelim kardda esa jami 8 ta bahs o‘tkaziladi.
Ta’kidlash joiz, Mirzamatov-Chapanov jangi aslida MPL 7 da o‘tkazilishi kerak edi, biroq rossiyalik jangchi kerakli vaznni qila olmagani bois, jang bekor qilingan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr