Mozambikda “Chido” to‘foni qurbonlari 120 kishiga yetdi

Olam

image

Mozambikda “Chido” to‘foni qurbonlari soni 120 kishiga yetdi, yana 868 kishi turli darajadagi jarohatlar oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Chido”  to‘fonining oqibatlari juda jiddiy bo‘lgan. 15-19 dekabr kunlari Mozambikda 260 km soatgacha bo‘lgan kuchli dovul va yomg‘irlar 118 mingdan ortiq turarjoy binosi, 52 shifoxona va 35 cherkovni vayron qilgan. 687 mingdan ortiq mozambiklik Kabu-Delgadu, Nampula, Niassa, Tete va Sofala provinsiyalarida qochqinga aylangan.

To‘fon 7-8 dekabr kunlari Hind okeanining janubi-sharqida yuzaga kelgan. Keyin u g‘arbga qarab harakatlanib, Afrika qirg‘oqlariga yetib borgan. Birinchi bo‘lib Mayotta oroli to‘fonni kutib olgan, lekin u yerda halok bo‘lganlar soni hali aniqlanmagan. 23 dekabrda orolda motam kuni deb e’lon qilingan.

To‘fon Mozambikdan g‘arbga harakat qilib, Zimbabve va Malaviga ta’sir ko‘rsatgan. Malavida 13 kishi halok bo‘lgan, ko‘plab binolar vayron bo‘lgan va 45 ming malavilik boshpanasiz qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni Fransiyaning Hind okeanidagi Mayotta hududi va Pamanji orollariga yopirilgan “Chido” sikloni ortidan kamida bir necha yuz va ehtimol minglab odamlar halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

to'fon Mozambik Chido

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing