Mourino Yevropa ligasi finalini boshqargan hakam bilan tortishib qoldi (video)

Sport

image

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa ligasi finalida “Sevilya”ga qarshi o‘yindan so‘ng (asosiy vaqt 1:1, penaltilar seriyasi 1:4) bosh hakam Entoni Teylor bilan stadion tashqarisida tortishib qoldi.

Avtoturargohda Mourino hakamning oldiga bordi va unga: “Sen sharmandasan”, dedi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mourino o‘yindan keyingi bergan intervyusida hakamni tanqid qilgandi. Xususan, u “Sevilya” yarim himoyachisi Erik Lamelani hakam maydondan chetlatmaganidan norozi bo‘ldi.

Mourino beshta g‘alabadan so‘ng ilk bor yevrokubok finalida mag‘lub bo‘ldi. Shuningdek, “Roma” o‘z tarixida ikkinchi marta Yevropa ligasi kubogini qo‘lga kirita olmadi.

O‘z navbatida “Sevilya” yettinchi marta Yevropa Ligasi (UEFA kubogi) g‘olibi bo‘ldi. Jamoa bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mourin'o Sevil'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing