Mourino: “Ular bizdan 2 ta yaqqol penaltini tortib olishdi...”
Sport
−
05 noyabr 2021
2974Italiyaning “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan “Budyo-Glimt”ga qarshi o‘yindan so‘ng uchrashuv hakamlarini tanqid qildi.
“Hisob 2:2, bu haqiqat, lekin ular bizdan 2 ta penaltini ochiqchasiga olib qo‘yishdi. Barchasi kundek ravshan. Raqiblarimiz 2 ta zarba berishdi va 2 ta gol urishdi. Biz 2 ta gol urdik, lekin qo‘shimcha 2ta penaltini ham tepmadik.
Bilmadim, balki faoliyatini Konferensiyalar ligasida boshlagan “g‘o‘r” hakamlar bordir. Norvegiyadagi bahsda men hakamlar haqida bir og‘iz ham gapirmagandim, chunki biz rostan ham 1:6 hisobida yutqazgandik. Bugun esa ular bizdan 2 ta yaqqol penaltini tortib olishdi”, deydi Mourino.
Eslatib o‘tamiz, ikki jamoa o‘rtasidagi birinchi bahsda “Roma” 1:6 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragan edi.
Ayni damda rimliklar 7 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Norvegiya klubi 8 ochko bilan guruhda peshqadam bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi