“Mototsiklchi qiz” 3 sutkaga qamaldi
3-sahifa
−
14 Oktabr 27125 2 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida ko‘chada “kalitga kalit” deb mashinalar bilan poyga o‘ynagan 25 yoshli qiz I.T. 3 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjatlari bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, 2000 yilda tug‘ilgan I.T. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-10-moddasining (Yo‘l bezoriligi) 2-qismi, 194-moddasining (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi, 135-moddasining (Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) 2-qismi va 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan. Shunga ko‘ra, unga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-10-moddasining 2-qismi bilan, shu kodeksning 33-moddasini qo‘llab, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida – 10,3 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Shu bilan birga, 2003 yilda tug‘ilgan Sh.O. ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-10-moddasining 1-qismi, 194-moddasining 1-qismi va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shuningdek, unga O‘zbekiston Respublikasi 128-10-moddaning 1-qismi bilan 1 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida – 10,3 mln so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Bloger tarmoqdagi storisida “kalitga kalit” poyga o‘ynab, bollarning kalitini olib qo‘ygani uchun chaqirishganini aytgan.
“Tunda bezorilik qilyapsiz, yoshlarni qimorga targ‘ib qilyapsiz deb, kalitga kalit deb poyga o‘ynash – bu qimorga targ‘ib qilish ekan. Bilmagandim, endi bilib oldim. Mototsiklni “shtrafnoy”ga qo‘yishdi”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq onlayn qimorni reklama qilgan blogerlar javobgarlikka tortilgandi.
Live
Barchasi