Moskvaga O‘zbekistondan sayyohlar oqimi ko‘paygani aytildi

Jamiyat

image

2023 yil yoz mavsumida Moskvaga 7,1 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga ko‘p. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin o‘zining shaxsiy blogida yozib qoldirdi. 

“2023 yilning yozgi mavsumida Moskvaga 7,1 million mehmon tashrif buyurdi, bu o‘tgan yozga nisbatan 17 foizga ko‘p. Yana 4,6 million mehmon tunab qolmasdan poytaxtga ekskursiya maqsadida kelgan. Umuman olganda, iyun-avgust oylarida shaharga deyarli 12 million sayohatchi tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 35 foizga ko‘pdir”, deyiladi xabarda. 

Merning bildirishicha, Rossiya hududlaridan kelgan mehmonlar soni 6,5 million kishini tashkil etgan, bu turizm bo‘yicha rekord yil sifatida e’tirof etilgan 2019 yilga nisbatan 8 foizga ko‘p. Bundan tashqari, yilning birinchi yarmida Moskvaga qariyb 1 million xorijiy sayyoh kelgan, yozda esa Rossiya poytaxtiga xorijdan 600 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. 

Sobyanin MDHda bo‘lmagan davlatlardan kelgan xorijlik mehmonlarning aksariyati Xitoydan ekanligini, sayyohlar soni bo‘yicha birinchi beshlikdan Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Hindiston ham borligini qo‘shimcha qilgan. Qo‘shni davlatlar orasida O‘zbekiston, Belarus va Qozog‘istondan kelgan sayyohlar ustunlik qildi. 

Poytaxt meri turizm Moskva iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo‘shishini aytib, joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, sayyohlik xarajatlari 372 milliard rublni tashkil etganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

turizm Moskva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing