Moskvaga navbatdagi havo hujumi uyushtirildi

Olam

image

Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Moskva tomon uchayotgan dronni yo‘q qildi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.

Uning aytishicha, voqea Voskresenskiy tumanida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va vayronalar yo‘q.

“Hodisa joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda”, deya qo‘shimcha qilgan mer.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa havo hujumidan mudofaa tizimlari Bryansk viloyati uzra Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita dronini tutib olganini ma’lum qilgan.

Xabarga ko‘ra, voqea 30 avgust kuni kechqurun sodir bo‘lgan.

Vazirlik anneksiya qilingan Qrim osmonida ham Ukraina raketasi yo‘q qilinganini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 avgust kuni Rossiyaning Pskov shahridagi harbiy-fuqarolik aerodromiga dronlar tomonidan hujum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing