Moskvadan Farg‘onaga uchgan samolyotda o‘zbekistonlik to‘satdan vafot etdi
Olam
−
09 noyabr 2019
6949Kecha, 8 noyabr kuni Rossiyaning Moskva shahridan Farg‘onaga uchgan samolyotda 52 yoshli O‘zbekiston fuqarosi to‘satdan vafot etdi. Bu haqda RBK xabar tarqatdi.
Samolyot Moskvaning Domodedovo aeroportidan yo‘lga chiqqan. Havo layneri yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgani uchun Samaradagi Kurumoch aeroportiga favqulodda qo‘ngan. Biroq yo‘lovchi shifokorlar kelgunicha samolyotda vafot etgan.
Kuybishev transport prokuraturasi 2412 reysi 1967 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosining tobi qochgani uchun qo‘nishga ruxsat so‘raganini ma’lum qildi.
“Ahvoli yomon edi, keyin yanayam og‘irlashb qoldi va u Kurumoch aeroportiga qo‘nishdan avval vafot etdi. Tez tibbiy yordam kelishi bilan o‘limning dastlabki sababi infarkt ekani ma’lum bo‘ldi”, deyiladi prokuratura xabarida.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Pekindan Toshkentga uchgan samolyoti 5 yo‘lovchining tobi qochgani uchun Lanchjou shahridagi aeroportga favqulodda qo‘ngandi.
LiveBarchasi