Moskvadagi o‘zbekistonliklar mushtlashuvida 2 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
18 fevral 2019
8840Moskvada Janubi-Sharqida 10 nafar O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan mushtlashuvda ikki kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 17 fevral kuni Volgograd prospektida joylashgan binolarning biri oldida sodir bo‘lgan. 1989 yilda o‘zbekistonlik yigit voqea joyining o‘zida vafot etgan. Yana bir yigit shifoxonada jon bergan.
Huquq-tartibot organlari xodimlarining aniqlashicha, mushtlashuv avtomobil yuvish shahobchasi ishchilari o‘rtasida avvaldan davom etib kelayotgan maishiy mashmashalar oqibatida kelib chiqqan.
“Holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi JKning 111-moddasi 4-bandi (Inson tanasiga ataylab og‘ir jarohat yetkazish oqibatida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi”, deydi Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva shahar bo‘limi xodimi Yuliya Ivanova.
Ayni damda ushbu jinoyat tafsilotlari o‘rganilmoqda, tergov ishlari davom etmoqda.
LiveBarchasi