Moskvadagi teraktda jabrlanganlar soni 551 nafarga yetdi
Olam
−
30 mart
5873Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”dagi terakt oqibatida jabrlanganlar soni 551 nafarga yetdi. Bu haqda tibbiy xizmat ma’lumotlariga tayanib, Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva viloyati bosh boshqarmasi xabar berdi.
“2024 yil 30 mart soat 06:00 holatiga ko‘ra, terrorchilik harakati natijasida 695 kishi (shundan 15 nafari bolalar) jabrlangan, ulardan 144 nafari (shundan 5 nafari bola) halok bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, tibbiy xizmatlarning TASS agentligiga aniqlik kiritishicha, ularning aksariyati ambulator davolanishga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Crocus Croup" kompaniyasi rahbari Aras Agalarovning o‘g‘li Emin "Krokus Siti Holl" restavratsiyasi vaqtida, terakt qurbonlari xotirasi uchun yodgorlik o‘rnatilishiga va’da bergandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi