Uitkoff yana Putinning huzuriga bordi. Ular 3 soat nimalarni muhokama qildi?
Olam
−
18:28 1679 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 21 oktyabr kuni AQSH Prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoffni qabul qildi. Ukraina mojarosini hal qilishga qaratilgan muzokaralar uch soat davom etdi. Bu haqda Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga tayanib, TASS xabar berdi.
.jpg)
Uchrashuv Moskva vaqti bilan taxminan soat 11:55 da boshlangan va qariyb uch soat davom etgan. Suhbat Sankt-Peterburgdagi Konstantin saroyida tashkil etilgan.
Putin va Uitkoff uchrashuv davomida Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalalarini muhokama qilgan. Rossiya rahbari suhbatdoshiga, shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Trampga Ukrainadagi inqiroz muammolariga e’tibor qaratayotgani uchun minnatdorlik bildirgan. Putin Uitkoffdan AQSHning birinchi xonimi Melaniya Trampga insonparvarlik xususiyatiga ega masalalarni hal qilishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik so‘zlarini yetkazishini so‘ragan.
Bundan tashqari, Putin va Trampning Xitoyda bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchrashuviga oid ayrim fikrlar ham muhokama qilingan. Fors ko‘rfazidagi vaziyat hamda dizel yoqilg‘isi bo‘yicha kelishuv masalasi ko‘rib chiqilgan. Suhbat davomida Rossiya Prezidenti tomonidan AQSH fuqarosi Stiven Xabbardni ozod qilish to‘g‘risida qabul qilingan qaror ham e’tibordan chetda qolmagan.
.jpg)
Amerikalik muzokarachi Jared Kushner kasalligi sababli Putin bilan uchrashuvga kelmagan. U Uitkoff Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar olib borgan kuni Oslo shahrida ham bo‘lmagan. Kushner Putin bilan uchrashuvga telefon orqali masofadan turib qo‘shilgan.
Rossiya tomonidan uchrashuvda davlat rahbarining yordamchisi Yuriy Ushakov va Rossiya Prezidentining xorijiy davlatlar bilan investitsiyaviy-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev ham ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyi boshida ham Vladimir Putin Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan muzokara o‘tkazgandi. Putinning amerikalik muzokarachilar bilan uchrashuvi taxminan 3 soat davom etgan.
Jasmina Murtazoyeva
Live
Barchasi