Moskvadagi terakt qurbonlari soni 80 dan oshdi – OAV

Olam

image

Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”da yuz bergan terakt qurbonlari soni 82 kishiga yetdi, ulardan 3 nafari bolalar. Bu haqda 112 Telegram-kanali ma’lum qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mixail Murashkoga ko‘ra, jami 115 kishi shifoxonalarga yetkazilgan, ulardan besh nafari voyaga yetmaganlardir.

Halok bo‘lganlar 82 nafarga yetgani haqidagi xabarlarni rasmiy hukumat hali tasdiqlamadi. Ularning ro‘yxati yaqin orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 mart kuni kechasi Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida noma’lum shaxslar otishma boshladi, binoda portlash sodir bo‘ldi va yong‘in chiqdi. 

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida uch kishi bo‘lgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan. Binoning uchdan bir qismi yonib ketgan, atrofni quyuq qora tutun qoplagan. O‘t o‘chiruvchilar odamlarni tom orqali olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan va 100 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. 

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi terakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Ukrainaning Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”dagi teraktga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev terakt munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi teraktni qoraladi. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi terakt oqibatida jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar borligi haqida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi


Maqola muallifi

Teglar

Moskva terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing