Moskvadagi shifoxonada chiqqan yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Moskva markazida joylashgan shifoxonada yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edik. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida odamlar halok bo‘lgan.

Moskva favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmatining xabar berishicha, poytaxt markazida qayta qurish uchun yopilgan ma’muriy binoda sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetgan.

Yuz kvadrat metr maydonda chiqqan yong‘in Durov ko‘chasida joylashgan ofis binosida sodir bo‘lgan. Poytaxt favqulodda vaziyatlar xizmati vakilining aytishicha, yong‘in Moskva xalqaro saraton markazi binolaridan birining uchinchi qavatida sodir bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining aniqlik kiritishicha, jabrlanuvchilardan biri tez yordam mashinasida vafot etgan.

Yong‘inni o‘chirish jarayonida 27 ishchi qutqarilgan, 88 qutqaruvchi va 27 ta texnika jalb qilingan.

Bino rekonstruksiya qilinayotganligi sababli, uning ichida bemorlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Moska

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing