Moskvadagi kuchli shamol odamlar umriga zomin bo‘lmoqda
Olam
−
13 mart 2020
9999Bugun, 13 mart kuni Rossiyaning Moskva viloyatida kuchli shamol tufayli ob-havoning xavfli darajasi "to‘q sariq" deb e’lon qilindi.
Oqibatda poytaxt viloyatidagi aeroportlarda qator reyslar bekor qilindi. Bu haqda “Yandeks.Raspisaniya” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Moskvadagi ushbu ob-havo sabab mashina ustiga daraxt qulashi oqibatida boshqaruvda bo‘lgan haydovchi halok bo‘ldi.
Hodisa viloyatning Myasnikovskaya 1-ko‘chasida yuz bergan. Daraxt harakatlanayotgan mashina ustiga kelib tushgan. Haydovchi hushini yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘ldagi mashinaga borib urilgan.
Bundan tashqari, kuchli shamol oqibatida keksa yoshdagi ayol ham olamdan o‘tgan va ikki kishi jiddiy jarohat olgan.
Ayni paytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva viloyatida noqulay ob-havo sababli 17 nafarga yaqin fuqaro jarohatlangan. Hududning janubi-sharqi, g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismida 100 ga yaqin daraxt qulagan.
LiveBarchasi