Moskvadagi qurilish maydonchasida o‘zbekistonlik kranchi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Rossiyada qurilish maydonida kranchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea Moskvaning Letnikovskaya ko‘chasidagi turarjoy majmuasi qurilishida sodir bo‘lgan. 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosi minora krani kabinasida halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar uning jasadini pastga tushirish uchun 100 metr balandlikka ko‘tarilgan.

O‘limga nima sabab bo‘lganini aniqlash uchun voqea joyiga shifokorlar yetib borgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhumning  vafotiga o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. Biroq tezkor xizmatlarning TASS agentligiga ma’lum qilishicha, giyohvand moddalarning dozasi haddan tashqari oshib ketishi xurujga olib kelgan bo‘lishi mumkin. Chunki kran kabinasida shprits, haydovchining tanasida in’eksiya izlari topilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik erkak qurilish maydonchasidan yiqilib, vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva o'zbekistonlik maydoncha kranchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing