Moskvadagi harbiy zavod portlashidan jabrlanganlar soni 45 nafarga yetdi

Olam

image

Moskva yaqinidagi Sergiyev Posaddagi optik-mexanika zavodida yuz bergan portlash qurbonlari soni 45 nafarga yetdi. Bu haqda tuman ma’muriyati xabar berdi. 

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov vayronalar ostida besh kishi qolayotgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, olti nafar jabrlanuvchi kuyish va bosh jarohatlari bilan reanimatsiyaga joylashtirilgan. Yana 22 kishi travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan, qolganlari o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohatlari olgan. Shifoxonada 40 ta zaxira o‘rni yaratilgan.

Portlash bugun, 9 avgust kuni pirotexnika vositalari saqlanadigan omborxonada sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, binolarning maydoni 100 kvadrat metrni tashkil qiladi. U butunlay vayron bo‘lgan. Bino bankrot deb e’lon qilingan “Piro-Ross” tomonidan ijaraga olingan, uning rahbariyati 250 nafar xodimga maosh to‘lamagani uchun tergov qilinmoqda. 

Zavod to‘liq evakuatsiya qilingan, yaqin atrofdagi 20 ga yaqin ko‘p qavatli uyga ham zarar yetgan. Portlash fakti bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 217-moddasi (xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari uchun sanoat xavfsizligi talablarini buzish) bo‘yicha ish ochilgan. 

Ma’lumot uchun, mazkur optik-mexanika zavodi huquqni muhofaza qilish organlari, sanoat va sog‘liqni saqlash uchun optik va optoelektronik qurilmalarni ishlab chiqaruvchi yetakchi korxona hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva portlash Sergiev Posad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing