Moskvada yangi karantin cheklovlari o‘rnatildi
Olam
−
07 Oktabr 2020
12137Rossiya poytaxti Moskvada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli cheklovlar kuchaytirilyapti. Shahar meri Sergey Sobyanin poytaxtlik pensionerlar va bolalarning ijtiomiy kartalarining amal qilishini to‘xtatishga ko‘rsatma berdi.
“Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat kundan kunga murakkablashib va dramatik tus olyapti. Kasallik aniqlanishi bo‘yicha bahordagi yuqori ko‘rsatkichlarga yaqinlashyapmiz. Shifoxonaga yotqizilganlar bugun ming nafardan oshib ketdi. O‘sish davom etyapti”, degan shahar rahbari.
Bolalar ijtimoiy kartalaridan 9-18 oktyabr oralig‘ida foydalana olmaydi. Pensionerlar va surunkali kasalligi bor bemorlar uchun bu cheklov 9-28 oktyabr kunlari amal qiladi. Kartadagi pullar kuyib ketmaydi.
Madaniyat maskanlariga chipta sotuvchi kassalar ham yopiladi. Ularni onlayn sotib olish mumkin bo‘ladi. Bu tomosha zallarining to‘lishi va qoidalarga rioya etilishini nazorat qilishga yordam beradi deb hisoblanyapti.
Rossiyada so‘nggi sutkada 11 615 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 4082 nafari Moskvada aniqlandi.
LiveBarchasi