Moskvada o‘zbekistonlik migrantlar qirg‘izistonliklar bilan janjallashdi
Olam
−
02 yanvar 2022
14136Kecha, 1 yanvar kuni tunda Rossiya poytaxta Moskvaning Tekstilshik tumanida migrantlar o‘rtasida ommaviy janjal yuz berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar tarqatdi.
“1 yanvarga o‘tar kechasi O‘zbekistonning uch fuqarosi va Qirg‘izistondan kelgan o‘n nafar muhojir o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi, natijada uch kishi pichoq bilan og‘ir yaralandi”, deyiladi xabarda.
Janjalda O‘zbekistonning ikki va Qirg‘izistonning bir fuqarosi pichoqlangan. Janjalga shaxsiy adovat sabab bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, hodisa natijasida politsiya mojaroda ishtirok etgan to‘qqiz nafar Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga olgan. Ularning barchasiga chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan Rossiya Federatsiyasida bo‘lish rejimini buzish moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Ushbu modda sanksiyasi Rossiyadan ma’muriy chiqarib yuborish bilan besh mingdan etti ming rublgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
LiveBarchasi