Moskvada o‘zbekistonlik erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Moskvadagi Salarevo metro bekatida politsiyachiga hujum qilgani aytilayotgan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan hukumat vakiliga zo‘ravonlik ishlatish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bosh tergov boshqarmasiga tayanib, TASS xabar berdi.

“Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasining tergov organlari Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 318-moddasi 1-qismi (davlat amaldoriga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash) va 228-moddasida  (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda olish, saqlash, tashish, ishlab chiqarish, qayta ishlash) nazarda tutilgan jinoyat asosida jinoyat ishini tergov qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik erkak Salarevo stansiyasi foyesida militsiya xonasida bo‘lgan va boshqa bir qoidabuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaslik uchun qochishga uringan.

Politsiyachi uni to‘xtatmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan shaxs kuch ishlatishga uringan. Biroq u ushlangan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.  

Aytilishicha, yaqin kelajakda tergov sudga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash haqida iltimosnoma kiritishi kutilnoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Rossiyaning Astraxan viloyatida 3 mingga yaqin bir martalik mefedronni (psixotrop) yashirin yo‘llar orqali sotmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi. Ichki ishlar vazirligining Astraxan viloyati bo‘yicha boshqarmasi o‘zbekistonlik umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva o'zbekiston Salar'evo metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing