Moskvada o‘zbekistonlik diplomatlar mahalliy fuqaroni urdimi? (video)

Jamiyat

image

Kecha, 2 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya poytaxti Moskvada bir erkak O‘zbekiston elchixonasi yonida kaltaklangani va buni O‘zbekiston diplomatik missiyasi xodimlari sodir qilgani aytilgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi munosabat bildirdi. 

“Readovka” nomli Telegram-kanal e’lon qilgan xabarda mahalliy erkak itini sayr qildirishdan qaytayotib, O‘zbekiston elchixonasi yonidan o‘tayotganda noto‘g‘ri joyda qo‘yilgan mashinani ko‘rib qolgani aytiladi.

“Kecha itimni sayr qildirib qaytayotib, noto‘g‘ri joyga qo‘yilgan mashinani ko‘rdim. Unda o‘zbek millatiga mansub shaxslar o‘tirgan edi. Bu keyinroq, mojaro chiqqach ma’lum bo‘ldi. Mashina esa elchixona raqamida edi. Men ularga e’tiroz bildirganimdan so‘ng ular menga tahdid qilishdi. Keyin esa meni shu odamlar urishdi. Shuningdek, ular telefonimni sindirishdi. Buni ataylab qilishdi, chunki men barchasini yozib olayotganim uchun ularning maqsadi telefonimni yo‘qotish edi. Hodisadan keyin men politsiyani chaqirdim va ularni ushlashdi. Men ariza yozdim. Ularga yordamga elchixonadan vakillar ham kelishdi”, deya iddao qiladi mahalliy fuqaro.

Bugun, 3 sentyabr kuni O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi ushbu holat bo‘yicha munosabat bildirib, tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Bildirilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda sizdirilgan postlarning fotosuratlarida ko‘rsatilgan avtotransport vositasi va huquqbuzarlarning O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasiga hech qanday aloqasi yo‘q. Ushbu avtomobilning diplomatik raqami boshqa mamlakatning diplomatik vakolatxonasiga tegishli.

“Sodir bo‘lgan voqea uchun elchixonaga javobgarlikni yuklashga qaratilgan har qanday urinishlarni asossiz va nomaqbul deb hisoblaymiz”, deyiladi munosabatda.

Shu sababli O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi jamoatchilik va ommaviy axborot vositalaridan tekshirilmagan axborotlarni tarqatmaslikni so‘ramoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva O'zbekiston elchixonasi diplomatik missiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing