Moskvada o‘zbek va tojiklar mushtlashuvida 40 kishi qo‘lga olindi

Olam

image

Avvalroq Moskvadagi turar-joy majmuasi qurilishi maydonida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Ushbu mushtlashuvda ishtirok etgan 40 nafar shaxs ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda ob’ektda qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lib, ishchilarning yashash joyi va hudud politsiya himoyasi ostiga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ommaviy mushtlashuvga oshxonada navbat kutish vaqtida yuzaga kelgan tushunmovchilik sabab bo‘lgan. Tortishuv 50-60 nafar fuqaro ishtirokida ommaviy mushtlashuvga aylangan.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 40 ga yaqin xodim qo‘lga olinib, vaziyatga oydinlik kiritish uchun ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlar so‘roq qilinib, tushuntirish xati yozilgach, qo‘yib yuborilgan. Og‘ir tan jarohati olgan va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. 

“Yaqin kunlarda konsullik bo‘limi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari vaziyatga oydinlik kiritish uchun qurilish kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva migrantlar mushtlashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing