Moskvada o‘zbek va qirg‘iz migrantlari o‘rtasida mushtlashuv chiqdi

Olam

Kecha, 24 noyabr kuni Moskadagi mehnat muhojirlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv qayd etildi. Ma’lumotlarga qaraganda, ommaviy tartibsizlik ishtirokchilari o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik ishchilar. Bu haqda huquq-tartibot organlaridan berilgan xabarga asoslanib RIA Novosti yozmoqda. 

24 noyabr kuni kechasi Yefremova ko‘chasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholidan “02” tezkor raqamiga qo‘ng‘iroq tushib, ommaviy mushtlashuv bo‘layotgani haqida xabar berilgan. Voqea joyiga yetib borgan tezkor guruh janjalning 10 dan ortiq ishtirokchilarini qo‘lga olgan. 

Mushtlashuv natijasida jabrlangan va jarohatlanganlar bo‘lmagani aytilmoqda. Qo‘lga olinganlarga nisbatan mayda bezorilik uchun bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

YouTube’da allaqachon ushbu ommaviy mushtlashuvning videosi tarqaldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Moskva ommaviy mushtlashuv migrantlar

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing