Moskvada tojikistonlik bloger rus qizlarini tahqirlovchi videolari uchun hibsga olindi
Olam
−
08 yanvar
9342Moskvada asli tojikistonlik bloger Salmon Jumaboyga nisbatan internetda haqoratomuz xarakterdagi sahnalashtirilgan videolar joylashtirgani uchun jinoiy ish ochildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi.
“2023 yil 9 dekabr kuni Tojikiston Respublikasi fuqarosi bir guruh rus millatiga mansub shaxslarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida slavyan qiyofasidagi qizlarning insoniy qadr-qimmatini kamsituvchi videolavhani suratga olib, internetga joylashtirgan”, deyiladi hisobotda.
Poytaxt Tergov qo‘mitasi unga nisbatan Jinoyat kodeksining 282-moddasi 2-qismi “v” bandi (nafrat yoki adovat qo‘zg‘atish, shuningdek, inson qadr-qimmatini kamsitish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Hozirda gumonlanuvchi qo‘lga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda, xususan, bloger tomonidan suratga olingan boshqa videolar tekshirilmoqda.
Salmon Jumaboyning o‘zi videoda uning ovozi yo‘qligini va video montaj qilinganini da’vo qilmoqda.
LiveBarchasi