Moskvada so‘nggi 40 yil ichidagi eng ko‘p qor yog‘di

Olam

image

Kecha, 3 dekabr kuni Moskvada yog‘gan qor 40 yil avval o‘rnatilgan kunlik rekordni yangiladi. Bu haqda “Phobos” ob-havo markazining yetakchi mutaxassisi Mixail Leus xabar berdi.

“Shahar bazaviy meteorologiya stansiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvada soat 18:00 da 10 mm yog‘ingarchilik tushgan, bu 1980 yilning o‘sha kunidagidan 0,6 mm ga ko‘p", deb yozgan u Telegram-kanalida.

Leusning qayd etishicha, eng ko‘p yog‘ingarchilik, ya’ni 11 mm, Moskva markazi va Moskva yaqinidagi Dolgoprudniyga to‘g‘ri kelgan.

Moskvadagi shahar yo‘l xizmatlari 3 dekabr kuni kuchli qor yog‘ishi munosabati bilan maxsus rejimda ishlashni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet hafta oxirida O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, kelgusi hafta boshida esa butun respublikaga juda sovuq havo massasi kirib kelishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva qor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made