Moskvada samolyot quladi. Ekipaj a’zolari halok bo‘ldi
Olam
−
09 Sentabr
11919Rossiyaning Moskva viloyatida An-2 yengil samolyoti halokatga uchrab, uning butun ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, samolyot Ruza shahar okrugining Vatulino shaharchasi yaqinidagi aerodrom yaqinida sinov parvozi paytida halokatga uchragan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokat oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘lgan. Hodisa sabablari noma’lum. Favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlamoqda.
Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, uning bortida uchuvchi va uning yordamchisi bo‘lgan. Samolyot mahalliy parashyut klubi tomonidan foydalanilgan va uzoq muddatli ta’mirdan so‘ng sinov parvozini o‘tkazayotgan bo‘lgan.
“U osmonga uch marta ko‘tarildi, ammo oxirgi martasida uning dvigateli “aksirdi”, shundan so‘ng samolyot balandligini yo‘qotib, makkajo‘xori dalasiga qulab tushdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, SSSRda An-2 mahalliy aviakompaniyalarda yo‘lovchi va yuklarni tashish hamda turli xalq xo‘jaligi yumushlarini, xususan, kimyoviy dorilash ishlarini bajarish uchun keng qo‘llanilgan. Shuningdek, havaskor parashyutchilar amaliyoti uchun foydalanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikada ishlab chiqarilgan F-16 qiruvchi samolyoti Ukraina hududiga qulab tushgan va oqibatda uning uchuvchisi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi