Putin shohmi? Rossiyada miting bo‘lib o‘tdi

Olam

image
Putin – qirol, Rossiya – monarxiya bo‘ladimi? north_east

Putin – qirol, Rossiya – monarxiya bo‘ladimi?

Rossiya poytaxti Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning muddatining nolga tenglashtirilishiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. 100 ga yaqin kishi Knyaz Vladimirning Kreml qarshisidagi haykali oldida tashkil etilgan piketda ishtirok etdi.

Namoyishchilar "YO‘Q", "Nolga teng bo‘lgan muddatlar – davlat to‘ntarilishi" va "Xalq bilan maslahatlashilmadi" deb yozilgan plakatlar bilan Kreml qarshisida turishgan. 

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputatlari yangi Konstitutsiya qabul qilinganidan keyin prezidentlik muddatini bekor qilish to‘g‘risidagi o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatlagan. Bu hujjatni yoqlab 380 deputat ovoz bergan, 43 deputat qarshi chiqqan, bittasi betaraf bo‘lgan.

Shunday qilib, Rossiyaning amaldagi Prezidenti Vladimir Putin Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlardan so‘ng qayta saylanishi mumkin.

Rossiya rahbarining o‘zi Davlat dumasida nutq so‘zlab, Konstitutsiyaviy sudning roziligi sharti bilan prezidentlik muddatining bekor qilinishiga qarshi emasligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum joriy yilning 22 aprel kuniga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Prezidentlik muddati Norozilik namoyishi

Baholaganlar

458

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing