Moskvada namoz o‘qishga yig‘ilgan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari hibsga olindi
Olam
−
28 mart 2019
21948“Moskva” savdo-yarmarka kompleksi oldida namoz o‘qish uchun to‘plangan musulmon-migrantlar miting o‘tkazish qoidasini buzganlikda ayblanib, hibsga olindi. Politsiya ularni bo‘linmaga olib borib, bayonnoma tuzdi.
“Moskovskaya gazeta” nashrining yozishicha, Moskva shahar politsiyasi xodimlari Lyublino tumanida 27 kishini hibsga olgan.
Tekshiruv yakunida Tojikistonning ikki nafar fuqarosiga nisbatan xorijiy fuqarolarning RF hududida bo‘lish qoidasini buzish bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
Ikki nafar asli qirg‘izistonlik Rossiya fuqarolari va 23 nafar Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrant miting, namoyish, yig‘ilish o‘tkazish qoidalarini buzishda ayblangan va ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
Qo‘lga olinganlarning 18 nafari Tojikiston, 2 nafari O‘zbekiston, 2 nafari Qirg‘iziston va biri Turkiya fuqarosi.
LiveBarchasi