Moskvada migrantlar o‘rtasida ommaviy janjal yuz berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya poytaxti Moskvaning janubi-g‘arbidagi kafeda ikki guruh o‘rtasida janjal yuz berdi. Natijada olti kishi shifoxonaga yotqizildi va 9 nafari politsiya bo‘limiga olib ketildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Vernad chorrahasidagi mushtlashuv haqida politsiyaga kecha tunda xabar tushgan.

Ko‘rsatilgan manzilga politsiya xodimlari va tez tibbiy yordam xizmati yetib kelgan. Olti kishi shifoxonaga, to‘qqiz kishi esa kelgusi surishtiruvlar uchun ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.

Huquqbuzarlar bazalardan tekshirilgan, ikki kishi Rossiya hududida noqonuniy bo‘lish sababli jazolangan. Bunday huquqbuzarlik uchun 7 ming rubl jarima yoki Rossiya hududidan ma’muriy chiqarib yuborish bilan jazolanishi mumkin.

Yetti kishi mayda bezorilik sodir etishda ayblanib, jazoga tortilgan. Buning uchun ming rubl jarima yoki 15 sutka qamoq jazosi tayinlanadi.

TASSning huquq-tartibot idoralardagi manbasiga ko‘ra, janjalda Qirg‘iziston va Tojikistonning 15 nafar fuqarolari ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

647

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing