Moskvada MDH davlatlari hukumat rahbarlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tyapti
Olam
−
16 dekabr 2023
10969Rossiya poytaxti Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining majlisi boshlandi. Bu haqda Rossiya hukumatining Telegram-kanalida xabar qilindi.
Tadbir Moskva tomonining tashabbusi bilan Rossiyaning MDHga raisligi arafasida tashkil etildi. Uchrashuvda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Armaniston vakillari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev raislik qilmoqda.
Uchrashuv davomida bir qator muhim masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan. Bular tashkilotning joriy yildagi faoliyatini sarhisob qilish va kelgusi 2024 yil uchun rejalarni ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi.
Rossiya hukumati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida tadbirlar 16-18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish va faollashtirish masalalari ham muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MDH yetakchilari Rossiyada yig‘ilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi