Moskvada markaziy osiyoliklar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Moskva yaqinidagi Krasnogorsk shahrida Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda “Mash” Telegram-kanali xabar berdi.

 Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning barchasi korxonalarda ishlaydi va mushtlashuv qurilish maydonchasi yaqinida yuz bergan.

“O‘zbekistonning 13 nafar fuqarosi o‘zlarining son jihatdan ustunligidan foydalanib, besh nafar Qirg‘iziston va to‘rt nafar Tojikiston fuqarosini itarib yuborgan. Politsiya o‘z vaqtida yetib keldi va to‘planganlarni tarqatib yubordi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Krasnodar shahrida politsiya va FSB xodimlari “Samolyot” turar-joy majmuasi qurilish maydonchasida o‘tkazilgan reyddan so‘ng, 76 nafar Markaziy Osiyo fuqarolarini qo‘lga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant Tojikiston O'zbekiston Moskva Qirg'iziston Krasnogorsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made