Moskvada koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada portlash yuz berdi
Olam
−
18 noyabr 2020
10533Bugun, 18 noyabr kuni Rossiya poytaxti Moskvaning Kommunarka posyolkasidagi koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada kislorod uzatuvchi truba yorilib, portlash yuz berdi. Bino ustida oq tutun ko‘tarilgan.
Shifoxonaning portlash yuz bergan binosida hech kim bo‘lmagan. Chunki bu binoda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lgan. Hodisada hech kim jabrlanmagan. Voqea joyiga to‘rtta o‘t o‘chirish mashinasi kelgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash yuz berib, tutagan. Ammo hammmasi tezda bartaraf etilgan. Hodisada bir kishi jabrlangani aytildi. U o‘zi tibbiy yordamga murojaat qilgan.
Magistral kislorod ta’minoti liniyasidagi hodisada yong‘in va vayrongarchilik yuz bermagan.
LiveBarchasi