Moskvada xavfsizlik xodimi otib o‘ldirildi

Olam

image

Kecha, 13 yanvar kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Harbiy kontrrazvedka boshqarmasi xodimi Vladimir Feenko Moskvada otib o‘ldirildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Feenkoning jasadi Moskva markazidagi binodan topilgan. Qotillikka harbiy xizmatchi bilan bo‘lgan maishiy mojaro sabab bo‘lgan, gumonlanuvchi qo‘lga olingan va jinoiy ish ochilgan.

Ofitserlar uning boshidan o‘q izidan qolgan jarohatini aniqlagan.

Harbiy xizmatchining o‘limi bilan bog‘liq versiyalarga ko‘ra, qotillik ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Tosh ko‘tarish bo‘yicha Rossiya chempioni bo‘lgan Feenko 2016 yilda Barnaulda bo‘lib o‘tgan mamlakat chempionatida 85 kg vazn toifasida uchinchi o‘rinni egallagandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 17 dekabr kuni Rossiyaning Moskva shahrida sodir bo‘lgan portlash qurboni bo‘lgan mamlakat Qurolli kuchlarining Radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpovning o‘limida gumon qilinib, o‘zbekistonlik 29 yoshli erkak ushlangandi. O‘zbekiston fuqarosi qo‘mita tomonidan FXX va IIV hamkorligida qo‘lga olingan. Bildirilishicha, o‘zbekistonlik Ukraina maxsus xizmatlarining ko‘rsatmasi bilan Moskvaga kelgan va qo‘lda yasalgan portlovchi moslamani Igor Kirillov yashagan turarjoy binosiga kiraverishda turgan elektr samokatga qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva Vladimir Feshenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing