Moskvada Qurbon hayiti namozi masjidlarda o‘qilmaydi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Musulmonlari diniy boshqarmasi ulamolar kengashi joriy yil 20 iyul kuni nishonlanadigan Qurbon hayiti bayrami sharafiga ibodatni Moskva masjidlarida namozxonlar ishtirokisiz o‘tkazishga qaror qildi. Tegishli hujjat boshqarmaning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

“Rospotrebnadzorning (Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati) tavsiyalari, shuningdek, Moskva hukumati farmoniga binoan, yangi koronavirus infeksiyasi tarqalish xavfi bilan bog‘liq holat sababli, Moskvadagi Qurbon hayiti namozi faqat imomlar, muazzinlar va muftiyning o‘rinbosari ishtirokida jome masjidida o‘qiladi. Boshqa masjidlarda, shuningdek, musulmonlarning mahalliy diniy tashkilotlarida bayram namozini o‘qish tavsiya etilmaydi”, deyiladi qarorda.

Musulmonlarga “o‘z uylarida, oilalari bag‘rida bayramona muhit yaratish”, Rossiya diniy boshqarmasi ulamolar raisi Ravil Gaynutdinning “Rossiya-1” telekanalida namoyish etiladigan bayram va’zini tinglash va mustaqil ravishda namoz o‘qish tavsiya qilingan.

Qayd etilishicha, boshqarma tarkibiga kiruvchi viloyat musulmonlari diniy boshqarmalari o‘z hududlaridagi mavjud epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda hayit namozini o‘qish tartibi to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Qurbon hayiti Hayit nomozi Moskva Jome masjidi

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing