Moskvada qirg‘izistonlik diplomat kaltaklab ketildi
Olam
−
13 iyun 2020
6597Moskva markazida noma’lum shaxs Qirg‘iziston elchixonasi vitse-konsuli Tigran Kondaxchyanni kaltaklab ketdi. Bu haqda “REN TV” xabar bermoqda.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, u "Dobrininskaya" metro bekati oldida noma’lum yigit bilan janjallashgan. Janjal mushtlashuvga aylangan, diplomatning boshiga qattiq jism bilan urilgan.
Voqeadan keyin vitse-konsuli politsiyaga shikoyat arizasini yozdi. Ayni vaqtda dipomatga hujum qilgan shaxs qidirilmoqda.
Kondaxchyan Qirg‘izistonning Maoskvadagi elchixonasida 2016 yildan buyon ishlab kelmoqda.
LiveBarchasi