Moskvada ikki o‘zbekistonlik bir ayolni zo‘rladi
3-sahifa
−
22 iyun
15027Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi Moskva shimoli-g‘arbida ayolni zo‘rlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda boshqarmaga tayanib TASS xabar berdi.
“Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi “a” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan zo‘rlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 20 iyunga o‘tar kechasi Moskvadagi Stratonavtov ko‘chasidagi uylardan birining yonida ikki erkak zo‘ravonlik qo‘llagan holda, avval noma’lum bo‘lgan ayolga hujum qilgan va uni zo‘rlagan.
“Hozirda ikki nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan”, deyiladi poytaxt Tergov boshqarmasi xabarida.
Surishtiruv jarayonida sudlanuvchilar o‘z aybiga iqror bo‘lgan va ko‘rsatuvlarni joyida tekshirish chog‘ida o‘z ko‘rsatmalarini tasdiqlagan.
Jinoyat ishi yuzasidan sud-tibbiy va sud-psixiatriya ekspertizalari tayinlangan. Jinoiy tergov doirasida sudlanuvchilarning amaldagi migratsiya qonunchiligiga muvofiqligi tekshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Moskva shahridagi plyajlarning birida o‘zbekistonlik erkak ikki nafar voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilganlikda ayblanib, qo‘lga olingandi. Voqea joriy yilning 16 iyun kuni Zaozernoy ko‘chasidagi “Beloye ozero” plyajida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, 14 yoshli qiz 15 yoshli dugonasi bilan suvda cho‘milayotgan paytda ulardan biri suvda kimdir oyoqlariga qo‘l tekkizayotganini sezgan.
Mazkur holatdan xabar topgan qizning onasi plyaj qutqaruvchisiga murojaat qilib, politsiyani chaqirishni so‘ragan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan.
LiveBarchasi
26 noyabr