Moskvada FXX binosiga hujum qilindi

Olam

image

Bugun, 19 dekabr kuni Moskvada Federal xavfsizlik xizmati binosida otishma yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan va jarohatlanganlar bor.

FXXdagi manbaning RBKga ma’lum qilishicha, hujum qilgan shaxs bir o‘zi bo‘lgan. U FXXning qabulxonasiga qarata o‘q uzgan, keyin esa pana joyga yashirinib qarshilik ko‘rsata boshlagan. Keyinroq FXX uni yo‘q qilganini ma’lum qildi. Biroq guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, otishma yana boshlangan.

Moskvada xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, Katta Lublyana ko‘chasida harakat to‘xtatilgan.

RF Prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan konsert dasturida bo‘lgan. Unga yuz bergan hodisa haqida axborot berilgan.

“Men Lubyandagi Markaziy bolalar do‘konidan chiqib, avtobusga chiqdim. Avtomatdan otilgandek ovoz eshitdim. Avval bu mushakbozlikdek tuyuldi. Bir necha daqiqa o‘tib, navbatdagi avtomatdan otilgan ovozni eshitdim. Odamlar turli taraflarga qochayotgandi”, deydi guvohlardan biri Sofya.

Tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, otishmada 3 nafar Federal qo‘riqlash xizmati xodimi halok bo‘lgan. Boshqa bir manba esa YHXB xodimi qurbon bo‘lganini aytyapti. RF IIVning Moskva bo‘yicha boshqarmasi YHXB xodimi halok bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘qligini ma’lum qilgan.

FXXga yaqin manbalar ikki kishi yaralangani va biri halok bo‘laginini ma’lum qilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan “huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining hayotiga suiqasd qilish” moddasi bilan jinoyat ishi ochgan. FXX bu hujumni rasman terakt deb baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva otishma FXX

Baholaganlar

238

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing