Moskvada chiptachi bilan janjallashgan o‘zbekistonlikka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi (video)

Olam

image

Moskvada O‘zbekiston fuqarosi chiptasiz avtobusga mingani uchun chiptachi bilan janjallashdi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.  

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 6 iyun kuni sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik qiz yo‘l haqi to‘laganini aniqlash uchun chiptachi tomonidan tekshirilgan. Shunda qiz yo‘lkirani to‘lamaslik uchun inspektorga nisbatan kuch ishlatgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlariga ko‘ra, qiz O‘zbekiston fuqarosi ekanligini aniqlagan. So‘roq paytida u o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan va qilgan ishidan afsusda ekanini bildirgan. Shuningdek, o‘zbekistonlik Rossiyada noqonuniy ravishda istiqomat qilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 318-moddasi 1-qismida (Hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash) nazarda tutilgan jinoyat asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Moskva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing