Moskvada 100 dan ortiq migrant ommaviy janjal uyushtirdi (video)

Olam

image

Moskvaning “Poytaxt yuragi” turar-joy majmuasidagi Shelepixinskaya qirg‘og‘i yaqinidagi qurilish maydonchasida migrantlarning ommaviy mushtlashuvi sodir bo‘ldi. Mojaro videosi “Govorit Moskva” radiostansiyasi tomonidan e’lon qilingan.

Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, mushtlashuvda taxta va armatura bilan qurollangan bir necha o‘nlab ishchilar qatnashmoqda. Ular bir-birlariga baqirib, tosh otishyapti. Janjallashayotgan olomon qurilayotgan bino ichida harakatlangan. Ayni paytda mushtlashuvga ko‘proq muhojirlar qo‘shilgan. Mushtlashuv tojikistonlik ishchi o‘zbekistonlik ishchini “ahmoq” deb ataganidan keyin boshlangan.

Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 1 aprel kuni sodir bo‘lgan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Mushtlashuvda 120 nafar muhojir ishtirok etgani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

334

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing