Moskvada Habib va Konor jangi o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

Fight Nights Global promoushen kompaniyasi rahbari Komil Gadjiyev kelasi yilning kuzida Habib hamda Makgregor Moskvada jang qilishi mumkinligini ma’lum qildi.

"Habib “Lujniki”da Konorga qarshi jang qilishi mumkin. Menimcha stadion yuz foiz to‘ladi. Bunday janglarni havo iliq bo‘lgan vaqtda o‘tkazgan ma’qul. Masalan, kuz faslida. Xabib Konorga qarshi jangdan avval Fergyuson bilan to‘qnash kelishi lozim. Shundan so‘ng hamma intizorlik bilan kutayotgan 30-jangini Moskvada Makgregorga qarshi o‘tkazsa bo‘ladi”, dedi Komil.

Eslatib o‘tamiz, Konor o‘tgan yili rossiyalik Habib Nurmuhamedovga qarshi o‘tkazgan so‘nggi jangida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Jang so‘nggida ikkala sportchining jamoasi o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan edi. Natijada Makgregor va Nurmuhamedov uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilingan edi. Shundan keyin irlandiyalik sportchi oktagonga boshqa chiqmadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Konor Habib

Baholaganlar

213

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing