Maxachqal’ada Habibning otasiga shogird bo‘lgan sportchi otib o‘ldirildi (video)

Sport

image

Dog‘istonlik MMA ustasi Magomedrasul Mutayev Maxachqal’a markazida halok bo‘ldi. Bu haqda “Mash” telegram kanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, noma’lum shaxs uyi yonida 20 yoshli Mutayevga yaqinlashib, to‘pponchadan sakkiz marta o‘q uzgan. Sportchi tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.

Hozirda voqea joyida tergovchilar va kriminologlar ishlamoqda. 

Qayd etilishicha, marhum Magomed Mutayev aralash yakkakurash bo‘yicha mashhur jangchi, yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedovning otasi Abdulmannop Nurmuhammedov nomidagi jang san’atlari maktabida tahsil olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Magomedrasul Mutaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing