MMA jangchisi Mutayevning o‘limi sabablari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Politsiya 20 yoshli AMC Fight Nights jangchisi Magomedrasul Mutayevning qotilini qidirmoqda. SHOT telegram kanali ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Maxachqal’adagi jangchini o‘ldirganlikda gumon qilinib, Qo‘rqmaskali qishlog‘ida yashovchi 18 yoshli yigit qidirilmoqda.

Gumon qilinayotgan sabab qasosdir. Ma’lum bo‘lishicha, Mutayev va uning do‘stlari taxminan bir oy oldin 18 yoshli yigitni kaltaklab, uni haqorat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mutayev Maxachqal’adagi uyi yonida o‘ldirilgani xabar qilingan edi.

Jinoyatchi sakkiz marta o‘q uzgan. Sportchi tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.

Qayd etilishicha, marhum Magomed Mutayev aralash yakkakurash bo‘yicha mashhur jangchi Habib Nurmuhammedovning otasi Abdulmannop Nurmuhammedov nomidagi jang san’atlari maktabida tahsil olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhammedov Maxachqal'a Magomedrasul Mutaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing